Antiqa dollar yomg‘iri: AQShda YTHdan so‘ng trassa yo‘liga pullar sochilib ketdi

Obuna bo‘lish
AQShning Illinoys shtati yo‘l trassasida bir nechta avtoulov ishtirokda YTH sodir bo‘ldi. To‘qnashgan avtoulovlardan biri turli o‘yin avtomatlari uchun pul tashib yurgan. Aytilishicha, avtoulov haydovchisi tezlikni oshirib, boshqaruvni yo‘qotgan.

 

To‘qnashuv oqibatida trassa yo‘liga 5, 10 va 20 qiymatdagi banknotalar sochilib ketdi. Shu sababli Illinoys shtati trassasi vaqtinchalik yopib qo‘yildi.

Barcha pullarni yig‘ib olish uchun bir soat vaqt ketdi. Yig‘ib olingan pullar haqida ma’lumot berilmadi.

 

Yangiliklar lentasi
0