TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Mana bir necha yildan beri Toshkentda, Samarqandda va boshqa bir qator shaharlarda, jamoatchilik fikrini hisobga olmagan holda, bir asrlik chinorlar kesib olinmoqda, daraxtlar shoxlari “vahshiyona” kalta qilinmoqda, deb yozadi Nuz.uz nashri.
22 yanvar kuni Facebookda Shoxrux Mirzo ko‘chasidagi chinorlar kesib olinayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Fotosuratlarda Markaziy bankning Samarqand vilot bo‘limi binosi oldida o‘sib turgan chinorlar tagidan kesib olinayotgani ko‘rinib turar edi. Kesilgan chinorlarning shoxlari usti ochiq avtomobilga yuklanib, yo‘g‘on tanasi esa Navoiy viloyati davlat raqamiga ega bo‘lgan yuk avtomobiligi yuklanayotgan edi.
“Kesilgan daraxtlarning yerdan qolgan kundalari, ularning yoshi bir asrdan ortiq bo‘lganligidan va ular soppa-sog‘ bo‘lganligidan dalolat berar edi”, — deb yozadi voqea joyida bo‘lgan, nashr muxbiri.
Ushbu voqea yuz bergan joyda bo‘lgan Markaziy bank vakili muxbirga xabar berishiga ko‘ra, daraxtlar qonuniy asosda kesib olingan. Buning uchun ularda maxsus ruxsatnoma bor.
“Yo‘l kengaymoqda, bu daraxtlar esa kasallangan edi. Biz bu chinorlarni kesayotganimizdan “tepadagilarning” xabari bor. Biz belgilangan pulni to‘lab, kerakli hujjatni oldik. Bizni ishimiz qonuniy”, — degan yosh xodim.
“Kelajakda ham ana shunday qonuniy asosda daraxtlar kesib olinaversa, bizning shaharlar qanday ahvolga keladi? Biz kislorod va yozda soyani nimadan olamiz?”, — deb kuyinadi muxbir.
Oxirgi yillarda daraxtlarni kesish shunday vahshiyona uslubda olib borilmoqda-ki, ularning kesilmagan tanasi qolgan xolos. Tepa qismi butkul kesib tashlanmoqda (topping). G‘arbda bunday uslubni “yovvoyilik” deyishadi. Bunday kesishdan keyin daraxtlar novda chiqara olmaydi, ularda turli zararkunandalar paydo bo‘ladi va oxir oqibat daraxt qurbon bo‘ladi…
T.Raxmatullayev