TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Sinszan-Uyg‘ur avtonom mintaqasida "Buyuk devor" paydo bo‘ladi, deb xabar qildi China Daily, mintaqa raisi Shokrat Zokirga tayangan holda.
Mansabdor davomiyligi 5,7 ming kilometrni tashkil etuvchi davlat chegarasi hududida xavfsizlik choralari "chet eldan kirib kelishi mumkin bo‘lgan ekstremizm, separatizm va terrorizmga qarshi himoya" sifatida kuchaytirilayotganini ma’lum qilgan.
U shuningdek, eng muhim viloyatlarda ijtimoiy himoyani ta’minlash maqsadida barcha zarur choralar ko‘rilishini ma’lum qilgan.
Zokir, sinszan hukumati xavfsizlik choralari tariqasida internet ustidan nazoratni kuchaytirishlarini va chegara oldi hududlarida infratuzilmalarni yaxshilashlari haqida tushuntirish bergan.