TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Futbol federatsiyasi raisi Umid Ahmadjonov federatsiya raisligidan ketishi mumkin.
Bu haqida federatsiya raisining o‘zi “Xalq so‘zi” nashriga bergan intervyusida xabar qildi.
Ahmadjonov aytishiga qaraganda u bir vaqtning o‘zida ikki lavozimda ishlab turgani vaqtinchalik chora bo‘lgan, yaqinda O‘FFga yangi rahbar tayinlanishi mumkin.
“Ikki tashkilotga rahbarlik qilishim bu vaqtinchalik bo‘lib, joriy yilning 25-yanvarida O‘zbekiston futbol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tadi va unda tashkilotga yangi rahbar saylanishi kutilmoqda. Demakki, futbol federatsiyasida rahbarlik vakolatimni topshiraman. Ammo bu futboldan butunlay ketaman degani emas. Chunki o‘zbek futbolida boshlab qo‘ygan bir qator yangi loyiha va rejalarimiz bor, ularni nihoyasiga yetmazmay turib ortga chekinish adolatdan bo‘lmaydi”, — degan edi Ahmadjonov.