FVV fuqarolarga xorijdan turib bog‘lanish mumkin bo‘lgan telefon raqamini xabar qildi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishSotrudnitsa slujbi "02" GU MVD po g. Moskve
Sotrudnitsa slujbi 02 GU MVD po g. Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston FVV barcha fuqarolarga, jumladan xorijga ketayotganlarga ham, SMS-ogohlantirish yubordi.

TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi, fuqaorlarga xorijdan turib bog‘lanish mumkin bo‘lgan telefon raqamini xabar qildi.

“Hurmatli vatandoshlar! Hatto chet elda bo‘lgan vaqtingizda ham, zarur bo‘lganda siz O‘zbekiston FVVga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin: (+99871) 147-10-50", — deyilgan vazirlik yuborsgan SMS xabarda.

Undan tashqari Mehnat vazirligi migrantlarga ish joyigacha yetib olish uchun foydalanyotgan transport vositasining xavfsizligiga e’tibor berishni so‘radi.

Sgorevshiy avtobus, v kotorom pogibli 52 cheloveka iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Aqto‘bedagi fojea: avtobus nima sababdan yongani aytildi

Xorijda ishlash istagida bo‘lsangiz, chet elga ketish uchun foydalanilayotgan transport vositalarining texnik xavfsizligi va boshqa jihatlarga jiddiy e’tibor qaratishga chaqiramiz!

Xorijda mehnat qilish borasida har qanday savollar paydo bo‘lsa, O‘zbekiston Mehnat vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat mirgratsiya agentligi bilan bog‘laning: (0-371) 200-33-55; (0-371) 202-33-66", — deyilgan muassasaning rasmiy xabarida. govoritsya v ofitsialnom soobshenii vedomstva.

Eslatib o‘tamiz, 18-yanvarda Qozog‘istonning Oqto‘ba viloyatida mudhish fojea yuz berdi. Avtobus yonib ketishi oqibatida 52 nafar O‘zbekiston fuqarolari qurbon bo‘lgan edi. 

Ushbu munosabat bilan O‘zbekiston hukumati xorijga safarga yo‘l olgan transport vositalarini chegarada texnik ko‘rikdan o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0