TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Ushbu yilning fevral oyidan boshlab O‘zbekiston temir yo‘llari “Toshkent-Moskva”, “Toshkent-Ufa” va “Andijon-Moskva” yo‘nalishlarida poyezdlar qatnovi haftasiga 2 marotaba amalga oshiriladigan bo‘ladi.
“Toshkent – Volgograd” yo‘nalishidagi qatnovlar soni esa haftasiga 3 marotabaga yetkaziladi.
Kompaniya matbuot xizmati ushbu yo‘nalishlarda chipta xarid qilishda muammolar tug‘ilsa AJ mahalliy ofislariga yoki rasmiy Telegram kanaliga quyidagi nomer orqali +998909577874 murojaat qilishni maslahat beradi.