TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda ish beruvchilarga ma’lum hududda propiskasi bo‘lmagan fuqarolarni ham ishga yollash huquqi beriladi.
Undan tashqari Toshkent viloyati va Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatdan o‘tmagan fuqarolar ham ikkilamchi uy-joy bozoridan uy xarid qilishlari mumkin bo‘ladi.
Ushbu yangiliklar ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha Harakatlar Strategiyasining 2018-yilgi Davlat dasturida qayd etilgan. Bugun 22-yanvar kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun ushbu dasturni tasdiqlash haqidagi farmonga imzo chekdi.
Bu haqida «O‘zbekiston 24», telekanalining "Axborot" dasturida xabar qilindi.
Yangi Davlat dasturi 231 punktdan iborat bo‘lib u 37ta yangi qonun qabul qilishni nazarda tutgan.