Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan xayriyaning birinchi kunida 60 mln so‘m yig‘ildi

© Facebook / Xushnudbek XudayberdievSemi jertv sgorevshix v avtobuse v Kazaxstane
Semi jertv sgorevshix v avtobuse v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Taniqli bloger Xushnudbek va oshpaz Bahriddin Chustiylar Aqto‘be qurbonlari oilalariga yordam ko‘rsatish maqsadida tashkillashtirgan xayriya aksiyasining birinchi kunida katta mablag‘ jamlandi.

TOShKENT, 22 yanv – Sputnik. Taniqli bloger Xushnudbek va oshpaz Bahriddin Chustiylar Aqto‘be fojeasi qurbonlari oilalariga yordam berish maqsadida xayriya aksiyasi e’lon qilishgan edi.

Bugun ushbu tadbirning birinchi natijalari ma’lum bo‘ldi. Aksiyaning birinchi kunida 60 mln so‘mdan ortiq mablag‘ jamlangan.

“1 kun ichida aksiyaga 60 mln. so‘mdan ziyodroq pul yig‘ildi. Bunda O‘zbekistondan so‘m plastikka o‘tkazilgan, pul o‘tkazish xizmatlari orqali xorijdan yuborilgan naqd pullar (hali qo‘lga olinmagan bo‘lsa ham) hamda PayPal tizimi orqali o‘tkazilgan elektron pullar hisobga olindi. Hali biz 60 mln. ichiga valyuta kartasiga o‘tkazilgan pullarni qo‘shmadik”, — deb yozgan Xushnudbek o‘zining sahifasida.

Xabarida aytilishiga ko‘ra, Bahriddin Chustiy Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida  bo‘lib hokimiyat vakillari bilan uchrashgan va o‘z yaqinlarini yo‘qotgan bir necha xonadonlarga tashrif buyurishgan.

“To‘raqo‘rg‘on tumanida 20 ta xonadondan 21 kishi vafot etibdi, “Katta qurama” mahallasining o‘zidan 10 kishi… <…>  Dastlabki taassurotlar shunaqaki, marhumlarning oilasidagi ahvol haqiqatdan yaxshi emas. Anchayin nochor turishar ekan. Rasmlar ilova qilinadi”, — deyilgan xabarda.

O‘zbekiston xalqining saxovatiga umid qilgan holda, Xushnudbek va Chustiy 500 mln. so‘mdan ortiq  mablag‘ jamlashni maqsad qilishgan.

Xayriya aksiyamiz davom etadi. Hozircha dastlabki rejalarimiz bo‘yicha, xalqimizning sahovati natijasida har bir marhumning oilasiga 10 mln. so‘mdan ajratishni niyat qilganmiz. Shunda taxminan 500 mln so‘mdan ko‘proq mablag‘ kerak bo‘ladi. Umid qilamizki, birgalashib, ushbu dovonni bemalol zabt eta olamiz”, — deyilgan xabar so‘nggida.

© Facebook / Xushnudbek XudayberdievBahriddin Chustiy hokimiyat vakillari bilan Aqtobe fojeasida jabrlangan oilalardan xabar oldi
Semi jertv pojara v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston
Bahriddin Chustiy hokimiyat vakillari bilan Aqtobe fojeasida jabrlangan oilalardan xabar oldi
Xayriya aksiyasida ishtirok etishni istaganlar uchun:

So‘mda pul o‘tkazish uchun plastik karta raqami: 8600 3104 3723 2663
Xorijiy valyutada pul o‘tkazmalari uchun plastik raqami: 4847 9907 0722 6123
Ikkala karta ham Bahriddin Najmiddinov nomiga ochilgan.
PayPal tizimi orqali: paypal.me/AbrorjonKodirov (abrorkodirov.uz@gmail.com)
Savollar tug‘ilganda Telegram va WhatsApp orqali +998946119998 (Xushnudbek) raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0