TOSHKENT, 21 yanv — Sputnik. Ukraina xavfsizlik xizmati ekstremistik tashkilot aʼzosi boʻlgan Oʻzbekiston fuqarosini qoʻlga oldi, deb xabar qilmoqda muassasa axborot xizmati.
“Ukraina xavfsizlik xizmati xodimlari Interpol va Yevropol xabari asosida, Odessa viloyatida oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etgani uchun xalqaro qidiruvga berilgan, Oʻzbekiston fuqarosini qoʻlga oldi”, — deyilgan xabarda.
Muassasa xabariga koʻra, qoʻlga olingan shaxs, “Jihodchilar” hamda “Jamaat” kabi ekstremistik guruhlari faoliyatida ishtirok etgan va guruhi tarkibida boʻlgan.
UXXga asosan, xususan u radikal islom gʻoyalarini targʻib qilish va ekstremistlar yollash bilan yangi ekstremistlar yollash bilan shugʻullangan.
Maxsus xizmat xabariga koʻra, qoʻlgan olingan shaxs Ukrainada ham xuddu shu faoliyatini davom ettirishni niyat qilgan ekan. Ayni damda uni Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilish masalasi muhokama qilinmoqda.