Aqto‘be fojeasi qurbonlari oilalariga nafaqa ajratildi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishSvecha i gvozdiki
Svecha i gvozdiki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga asosan, fojea qurbonlari oilalariga bir martalik nafaqa puli to‘lanadi.

TOShKENT, 21 yanv – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Aqto‘be fojeasi qurbonlari oilalariga bir martalik nafaqa ajratishni topshirdi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga ko‘ra, Qozog‘iston Respublikasining Oqto‘ba viloyati Irgiz tumanida "Samara-Chimkent" avtomobil yo‘lida avtobus yonishi oqibatida halok bo‘lgan 52 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi oilalarining barchasiga bir martalik nafaqa ajratildi”, — deyilgan xabarda.

Nafaqa miqdori haqida hozircha xabar qilinmagan.  

Undan tashqari mahalliy ijro hokimiyati organlari, Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari hamda mahalla faollari tomonidan halok bo‘lganlarning oilalariga ma’naviy va moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Prezident matbuot xizmati xabariga asosan.

 

Yangiliklar lentasi
0