TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Ushbu yilning 18-yanvar kuni Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida 9 sifda o‘quvchisi osilgan holda topildi, deb xabar qilmoqda UzNews.uz sayti huquqni saqlash organlari vakiliga asosan.
"15 yoshli qiz bolaning jasadi 18-yanvar kuni uyning omborxonasida osilgan holda topilgan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha ushbu qiz shu tumanda joylashgan 41 maktabning 9 sinf o‘quvchisi ekan", — deyilgan xabarda.
Tanasida kurashish alomatlari bo‘lmagani tufayli mutaxassislar uni "o‘z joniga qasd qilgan", degan dastlabki xulosaga kelishgan.
Ushbu ish yuzasidan jinoyat ishi ochilgan va tekshiruvlar olib borilmoqda.