TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Gruziya parlamenti rahbari Irakliy Kobaxidze 20-yanvar kuni O‘zbekistonga jo‘nab ketadi, deb xabar qilmoqda Sputnik Gruziya.
Gruziya parlamenti raisi O‘zbekistonda Bosh vazir Abdulla Aripov, Oliy Majlis Senati raisi Nigmatilla Yo‘ldoshev va Qonunchilik palatasi raisi Nuriddinjon Ismoilov, tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov, Investitsiyalar qo‘mitasi raisi Azim Axmedxodjayev, Turizmni rivojlantirish qo‘mitas raisi Aziz Abduxakimov va Samarqand hokimi Turobjonom Jo‘rayevlar bilan uchrashishni rejalashtirgan.
Tashrif yakunida O‘zbekiston va Gruziya parlamentlari orasida hamkorlik memorandumi imzolash rejalashtirilmoqda.
Undan tashqari Kobaxidze O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilish, Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulo qo‘yishni rejalashtirgan.
Shuningdek, tashrif dasturidan Samarqand tarixiy obidalarini ko‘zdan kechirish hamda O‘zbekistonda yashayotgan gruzinlar diasporasi bilan uchrashish ham o‘rin olgan.
Tashrif 23-yanvarda yakunlanishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Grukziya orasida diplomatik munosabatlar 1994-yilning 19-avgustida o‘rnatilgan. Bugungi kunda ikki mamlakat transport, energetika, qishloq xo‘jaligi va farmatsevtika sohalarida hamkorlik qiladi.