TOShKENT, 20 yanv – Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga ishchi tashrifi davom etmoqda.
Bugun prezident Shavkat Mirziyoyev Termiz shahrida joylashgan Janubiy-g‘arbiy maxsus harbiy okrugga qarashli qismga tashrif buyuib u yerda harbiylarning xizmat va yashash sharoitlari bilan tanishdi.
Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev Termiz shahrida yangi qurilgan San’at saroyi va amfiteatrda bo‘lib u yerda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
San’at saroyi 700 kishiga, Amfiteatr 3 ming kishi mo‘ljallangan. U yerda ovoz yozish, sozlash, yoritish uskunalari, monitorlar o‘rnatilgan.Shuningdek tarjimon xonachalari, akter va san’atkorlar xonalari qurilib ular kerakli uskunalar bilan jihozlangan. Sa’at maskanining umumiy maydoni 32,5 gektar. Atrof obodonlashtirilgan, musiqali favvora qurilgan.
Shavkat Mirziyoyev san’atkorlarga Iso at-Termiziy hamda Alpomish haqida asarlar yaratishkerakligini ta’kidladi.
Shuningdek, prezident teatr arboblariga ko‘p qavatli uylar qurish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev «Amudaryo» bolalar oromgohi va uning huzurida barpo etilgan Baxshilar maktabini borib ko‘rdi.
Prezident matbuot xizmati xabari asosida.