Nyu-Yorkda S5+1 formatida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishNyu-York
Nyu-York - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suhbat chog‘ida turli sohalarda ko‘p tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari va hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashilgan

TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Markaziy Osiyo mamlakatlari TIV rahbarlari va AQSh o‘rtasidagi S5+1 formatidagi uchrashuv Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tdi, tomonlar mintaqaviy xavfsizlik masalalarini muhokama etdilar, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Zamestitel gosudarstvennogo sekretarya SShA po politicheskim voprosam Tomas Shennon - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va AQSh turli sohalarda muloqotni yanada rivojlantirish borasida fikr almashdi
"2018-yilning 19-yanvar kuni Nyu-York shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya beshta Markaziy Osiyo davlatlari va Amerika Qo‘shma Shtatlari tashqi siyosiy idoralar rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etdi", — deyilgan xabarda.

Matbuot-xizmati, shuningdek, "C5+1​" formatida Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev, Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdraxmanov, Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sirodjidin Aslov, Turkmanistonning BMTdagi doimiy vakili Aksoltan Atayeva va AQSh davlat kotibi o‘rinbosari Jon Sallivan ishtirok etganini ma’lum qilgan.

Suhbat chog‘ida turli sohalarda ko‘p tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari va hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashilgan va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashning hamda zamonaviy xavf va tahdidlarga qarshi kurashning dolzarb masalalari muhokama qilingan.

Yangiliklar lentasi
0