TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifini Termiz tumanidagi «Inter Silk Pro» qo‘shma korxonasiga qarashli pillaxona bilan tanishishdan boshladi. Prezident matbuot xizmati xabariga asosan.
Bu yerda Xitoy texnologiyasi asosida innovatsion usulda pilla yetishtirilib, qayta ishlash tarmoqlariga yetkazib berilmoqda.
Shu yerning o‘zida viloyatda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, issiqxonalar, anorzorlar, yong‘oqzorlar, intensiv bog‘ va tokzorlar, kovrak va pista plantatsiyalari, baliqchilik va parrandachilik komplekslari tashkil etish, yer o‘lchashda uchuvchisiz aviatsiya tizimidan foydalanish kabi loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.
Davlat rahbari mazkur loyihalar yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.