Qozog‘istondagi masjidlarda juma namozi paytida qurbonlarning haqiga duo qilinadi

© Foto: muftyat.kzVerxovniy muftiy Kazaxstana Serikby kaji Oraz
Verxovniy muftiy Kazaxstana Serikby kaji Oraz - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston bosh muftiysi O‘zbekistondagi hamkasbiga hamdardlik telegrammasini yubordi

TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Qozog‘istondagi masjidlarda bugungi juma namozi paytida qurbonlarning haqiga duo qilinadi, deb xabar qildi Qozog‘iston musulmonlar diniy boshqarmasi matbuot xizmati. 

Prazdnovanie Kurban-Bayrama v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Qur’on musobaqasida Aqto‘be qurbonlari haqiga duo qilindi

"Qozog‘iston bosh muftiysi Serikbay Hoji O‘raz o‘zining O‘zbekistondagi hamkasbiga Aqtobe viloyatida mudhish fojiasi yuzasidan hamdardlik telegrammasini yubordi. Bundan tashqari, Qozog‘iston bosh muftiysi Qozog‘istonning barcha imomlariga juma namozi paytida qurbonlarning haqiga duo qilinishi haqida telegramma yubordi", — deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra 2018-yil 18-yanvar kuni Aqtobe viloyati Irg‘iz tumanida "Ikarus" rusumli yo‘lovchi avtobusi yongan mahal unda 55 yo‘lovchi va 2 haydovchi (Qozog‘iston fuqarolari) bo‘lgan.

5 kishi yonayotgan avtobusdan chiqib keta olgan. Bular 2 haydovchi va 3 yo‘lovchi bo‘lib, ulardan ikki nafari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari (Isakov Ahror, 1988-yil 14-aprelda tug‘ilgan va Mirzaaxmedov Isroiljon, 1980-yil 10-yanvarda tug‘ilgan).

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qozog‘istondagi avtobus avariyasi qurboniga aylangan yo‘lovchilarning birlamchi ro‘yxatini e’lon qildi.

Yangiliklar lentasi
0