Namangan viloyati hokimligi Aqto‘beda halok bo‘lganlar oilalariga ijtimoiy yordam ko‘rsatadi

© Foto : Komitet po ChS MVD RK Sgorevshiy avtobus, v kotorom pogibli 52 cheloveka iz Uzbekistana
Sgorevshiy avtobus, v kotorom pogibli 52 cheloveka iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Viloyat ishchi komissiyasi tomonidan mazkur tumanlarda fojia qurbonlarining oilaviy sharoitini o‘rganish, oila-a’zolariga tibbiy-psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda

TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Fojea qurbonlari oilalariga ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri Namangan viloyati hokimligi matbuot-xizmatiga tayangan holda.

Sgorevshiy avtobus, v kotorom pogibli 52 cheloveka iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istondagi avtobus halokati: qurbonlar ro‘yxati
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan e’lon qilingan dastlabki ro‘yxatga ko‘ra, 2018-yil 18-yanvar kuni Qozog‘istonning Aktubinsk viloyatida yuz bergan avtobus yong‘inida halok bo‘lganlarning 28 nafari va jabrlanganlarning 2 nafari Namangan viloyatidan bo‘lib, jumladan, ularning 22 nafari To‘raqo‘rg‘on, 8 nafari Kosonsoy tumanlaridan safarga chiqqan fuqarolar ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Shu munosabat bilan viloyat hokimi rahbarligida viloyat huquqni muhofaza qilish idoralari, favqulodda vaziyatlar, sog‘liqni saqlash hamda xalq ta’limi boshqarmalari, "Mahalla" xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi kabi bir qator davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlaridan iborat ishchi komissiyasi tuzildi.

Viloyat ishchi komissiyasi tomonidan mazkur tumanlarda fojia qurbonlarining oilaviy sharoitini o‘rganish, oila-a’zolariga tibbiy-psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0