Lavrov Kamilov bilan Nyu-Yorkda uchrashuv o‘tkazdi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishMinistr inostrannix del RF Sergey Lavrov
Ministr inostrannix del RF Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tomonlar kelgusida Moskvada uchrashuv o‘tkazish haqida ham kelishib olganlar

TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar berdi vazirlik matbuot-xizmati.

Zamestitel gosudarstvennogo sekretarya SShA po politicheskim voprosam Tomas Shennon - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va AQSh turli sohalarda muloqotni yanada rivojlantirish borasida fikr almashdi
Qayd etilishicha, Kamilov va Lavrov uchrashuvi Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tayotgan BMT Xavfsizlik kengashi tadbirlari doirasida bo‘lib o‘tgan.

"Doimiy aloqalarimizni iliqlik ila xotirlayman. Bizning rahbarlarimiz o‘rtasida bo‘lgan barcha kelishuvlar amalga oshadi, deb umid bildiraman, shu kungacha ularning aksariyati hayotga tatbiq etildi", — deb aytgan Lavrov uchrashuv avvalida.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Kamilov o‘tgan yil ikkiyoqlama munosabatlar uchun "to‘laqonli va sermahsul bo‘lganini, yetakchilar bir necha bor uchrashish imkoniga ega bo‘lishgani" haqida ta’kidlab o‘tgan.

"Bizning ittifoqdoshlik, strategik sherikligimiz ishlayapti va biz buni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab turamiz", — deb qo‘shimcha qilgan Kamilov.

Tomonlar kelgusida Moskvada uchrashuv o‘tkazish haqida kelishib olganlar.

Yangiliklar lentasi
0