Sog‘liqni saqlash vazirligi: tezkor tibbiy guruh Qozog‘istonga uchib ketdi

© Informatsionnaya slujba Ministerstva zdravooxraneniya RUzOperativnaya meditsinskaya gruppa viletela v Kazaxstan
Operativnaya meditsinskaya gruppa viletela v Kazaxstan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida halokat oqibatida jabrlanganlarga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zaxira o‘rinlari tayyorlandi

TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligida halokat oqibatida jabrlangan fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tezkor tibbiy guruh tashkil etildi va guruh Qozog‘iston Respublikasiga uchib ketdi, deb xabar qildi vazirlik matbuot xizmati.

Sgorevshiy avtobus, v kotorom pogibli 52 cheloveka iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Aqtobedagi fojea: avtobusda chatnash yuz berdimi, yoki unga o‘t qo‘yilganmi?
Ta’kidlanishicha, Kambustiolog, anesteziolog-reanimatolog, sud-med ekspert va psixolog kabi malakali shifokorlardan tarkib topgan ushbu guruhga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi direktori Asilbek Xudayarov boshchilik qilmoqda. Tezkor tibbiy guruh zarur vositalar, dori-darmon zaxiralari bilan yetarli darajada ta’minlangan.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida halokat oqibatida jabrlanganlarga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zaxira o‘rinlari tayyorlandi.

Eslatib o‘tamiz, 18-yanvar kuni Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida, Toshkent vaqti bilan 09:30 atrofida, "Samara-Chimkent" yo‘nalishida harakatlanayotgan avtobus halokatga uchradi. Avtobusda 57 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Yo‘lovchilarning 52 nafari voqea joyida vafot etgan, 5 nafar kishi jarohatlangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ular orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bor.

Yangiliklar lentasi
0