Qozog‘istondagi avtobus halokati: ODKB qurbonlar oilasiga hamdardlik bildirdi

© Sputnik / Amir Isayev / Mediabankka o‘tishFlagi stran-uchastnis Organizatsii Dogovora o kollektivnoy bezopasnosti: Tadjikistana, Rossii, Kirgizii, Kazaxstana, Belorussii, Armenii i flag ODKB (sprava nalevo)
Flagi stran-uchastnis Organizatsii Dogovora o kollektivnoy bezopasnosti: Tadjikistana, Rossii, Kirgizii, Kazaxstana, Belorussii, Armenii i flag ODKB (sprava nalevo) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avtobus Aqtobe viloyati Irgiz tumanidagi Samara - Shimkent trassasida, payshanba kuni, 10.30da yonib ketgan

TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) Aqtobe viloyatida sodir bo‘lgan va 52 kishi hayotiga zomin bo‘lgan yong‘in tufayli hamdardlik bildirmoqda, deb xabar qildi Sputnik Qozog‘iston.

Ministr MChS RF Vladimir Puchkov - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya FVV rahbari hamdardlik telegrammasini yubordi
"KXShT kotibiyati va KXShT doimiy kengashi Qozog‘iston Respublikasi Aqtobe viloyati Irgiz tumanida yo‘lovchi avtobusning halokatida 52 kishining fojiali halok bo‘lishi munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi", — deyiladi xabarda.

Tashkilot halok bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik so‘zini bildirgan.

KXShT bu — xalqaro mintaqaviy tashkilot hisoblanadi. Uning maqsadi, nizomga muvofiq "a’zo-davlatlar suvereniteti, hududiy yaxlitligi va mustaqilligini kollektiv asosda himoyalashga qaratilgan. Kollektiv xavfsizlik haqidagi shartnoma 1992-yil 15-may kuni Toshkentda imzolangan. Ayni paytda 6 davlat tashkilot a’zosi hisoblanadi: Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston.

Yangiliklar lentasi
0