Turkiya TIV Qozog‘istondagi avtobus avariyasi munosabati bilan ta’ziya bildirdi

Obuna bo‘lish
Ayni vaqtda O‘zbekiston davlati rahbari va xalqiga turli davlatlardan hamdardlik telegrammalari kelmoqda. Turkiya TIV rahbari Chavushoglu ham o‘zining Twitterdagi mikroblogida qardosh o‘zbek xalqiga hamdard ekanligini yozgan

TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Turkiya TIV rahbari Mavlyut Chavushoglu Qozog‘istonda yuz bergan va ellik nafardan ortiq o‘zbekistonliklar o‘limiga sabab bo‘lgan avtobus avariyasi munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Sgorevshiy avtobus, v kotorom pogibli 52 cheloveka iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Qozog‘istondagi fojia bo‘yicha maxsus huqumat komissiyasini tashkil qildi
U bu haqda o‘zining Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi mikroblogiga ayozgan.

Chavushoglu ushbu fojiaviy xabar uni larzaga solganini ta’kidlagan.

"Men Qozog‘iston va O‘zbekistondagi qardosh xalqlarga hamdardlik bildiraman", — deb yozgan Chavushoglu.

18 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:30 da Qozog‘istonning Aqtobe viloyatida Samara — Chimkent yo‘lida yo‘lovchi avtobusi yonib ketganligi haqida xabar bergandik. Bu avtobusda 55 yo‘lovchi va ikki haydovchi bo‘lgan. Fojiada faqat 5 kishi tirik qolgan.

Yangiliklar lentasi
0