Yonib ketgan avtobusning yon eshigi yopilib qolgani ma’lum bo‘ldi

© Komitet po ChS MVD Kazaxstana / Mediabankka o‘tishBolee 50 chelovek pogibli v zagorevshemsya avtobuse v Kazaxstane
Bolee 50 chelovek pogibli v zagorevshemsya avtobuse v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eshik yopilib qolgan, yo‘lovchilar sarosimada qayerdan chiqishni bilmagan, negadir hech kim oynani sindirishga urinmagan.

TOShKENT, 18 yanv – Sputnik. Aqtobeda yonib ketgan avtobusning yon eshigi yopilib qolgan dedi Qozog‘iston IIV matbuot kotibi Vitaliy Sinev.

Sarosima nimaligini tasavvur qila olasizmi? Ellikta odam, sarosimada uyqusirab eshiika o‘zini urgan. Ikki qavatli avtobus – eshigi tor. Kimdir u yerga tiqilib qolgan, uning ortidan kimdir yiqilib tushgan. Shu bilan chiqish yo‘li butunlay yopilib qolgan. Qolganlar nima qilishni bilmagan.Oynani sindirish hech kimning esiga kelmagan”, — dedi Sinev RIA Novostiga.

Shuningdek, tekshiruv davomida avtobus texnik ko‘rikdan o‘tmagani va avtobus egasining yo‘lovchi tashishga litsenzisi yo‘qligi ma’lum bo‘ldi.

"Avtobus: Kassbohrer Setra X335RSM, egasi — Mextiyev Orduxan Sabirogli. 1989-yilda ishlab chiqarilgan, o‘rindiqlar soni 59ta. Doimiy yo‘nalishda odam tashiydigan avtobuslar ro‘yxatiga kiritilmagan, odam tashish uchun litsenziya olmagan. Ijaraga olib ishlatilgani ehtimoli bor”, — deyilgan IIV rasmiy xabarida.

Fojea sababchisi bo‘lgan avtobus so‘nggi bor 2015-yilning 17-avgustida majburiy texnik ko‘rikdan o‘tgan, uning muddati 2016-yil 17-fevralda tugagan.  

Yangiliklar lentasi
0