Toshkentda astronomiya va aeronavtika bog‘i ochiladi

© Sputnik / Oleg Makarov / Mediabankka o‘tishobservatoriya
observatoriya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Astronomiya istituti bog‘idagi daraxtlar saqlanib qolinadi, institut binosi va teleskoplari ta’mirlanadi.

TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Toshkentdagi Astronomiya institutida yulduzlar astronomiya bog‘i paydo bo‘ladi, deb yozmoqda “Pisma o Tashkenteportali, institut direktori Shuhrat Egamberdiyevga asoslanib.  

O‘zbekiston Fanlar Akademiya huzuridagi Astronomiya ilmiy istituti hududida “Astronomiya va aeronavtika” bog‘i qurilish ishlari boshlandi.

Yaxshi yangiliklardan biri – bog‘dagi ko‘p yilllik daraxtlarning barchasi saqlanib qolinadi. Oqqo‘rg‘on arig‘ining qirg‘oqlari obodonlashtirilib u yerda sayr yo‘laklari barpo etiladi. Astronomiya va aeronavtika mazusiga oid qiziqarli obyektlar va ko‘ngilochar inshootlar quriladi.

Shuningdek Astronomiya Muzeyi binosi va barcha eski teleskoplar ta’mirlanadi. Ular orasida 1895-yilda Fransiyada ishlab chiqarilgan noyob teleskop ham bor.

Mirzo Ulug‘bek nomli Astronomiya institutiga bu yil 145-yil to‘ladi. U Markaziy Osiyodagi eng ko‘hna astronnomiya instituti. U 1873-yilda Toshkent observatoriyasi sifatida tashkil qilingan.

Bugungi kunda O‘zbekistonda asosiy astronomik kuzatuvlar Samarqanddan 120km masofada joylashgan Maydanak astronomik observatoriyasidan amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahridagi Astronomiya ko‘chasi 33 uy, manzilida "Astronomiya va aeronavtika" bog‘i va Planetariy tashkil etish haqida Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 14-sentabrdagi qarorida ham aytib o‘tilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0