Shakar zavodlari qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilindi

© hk.eviSaxarniy pesok
Saxarniy pesok - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan “Xorazm-shakar” va “Angreng‘shakar” korxonalari yil oxiriga qadar 30%li qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilindi.

TOShKENT, 17 yanv – Sputnik. Prezidenti qaroriga ko‘ra,  O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan shakar-zavodlari vaqtincha qo‘shilgan qiymat solig‘idan (30%) ozod qilindi.

“O‘zbekistonlik shakar ishlab chiqaruvchilarning, 2018-yilning 1-fevralidan boshlab 2019-yilning 1-yanvariga qadar, import qilingan xom-ashyo asosida ishlab chiqarilgan mahsuloti, qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi", — deyilgan hujjat matnida.

“O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi vakili aytishiga qaraganda, ushbu chora import xom-ashyo asosida ishlab chiqariladigan shakar tannarxini tushirish maqsadida amalga oshirilmoqda. Bu kelajakda ichki bozorda maxsulotlar narxini kamaytirishga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oxirida O‘zbekiston Rossiyada 100 ming tonnaga yaqin shakar import qilgan edi. Respublikaning shakarga bo‘lgan yillik  ehtiyoji 700 ming tonnani tashkil qiladi. O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan “Xorazm-shakar” va “Angreng‘shakar” korxonalarining yillik ishlab chiqraish hajmi 600 ming tonnaga yaqin.

Yangiliklar lentasi
0