Rossiyada halok bo‘lgan fuqarolarning jasadlari O‘zbekistonga olib kelindi

© Sputnik Samolet Uzbekskix avialiniy Airbus A-320
Samolet Uzbekskix avialiniy Airbus A-320 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vafot etganlarning jasadlari 3 bosqichda: 13-yanvardan 15-yanvargacha "Moskva - Andijon", "Moskva - Termiz" va "Moskva - Buxoro" reyslari bo‘yicha amalga oshirildi

TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Rossiyada is gazidan zaharlanish oqibatida halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarining jasadlari O‘zbekistonga olib kelindi, deb xabar qildi FVV matbuot xizmati. 

O‘zbekiston FVV va O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi bilan hamkorlikda halok bo‘lganlarning jasadlari "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK tomonidan O‘zbekistonga olib kelindi.

Skoraya pomosh, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
TIV Razan viloyatida is gazidan zaharlangan o‘zbekistonliklar haqida ma’lumot berdi

Vafot etganlarning jasadlari 3 bosqichda: 13-yanvardan 15-yanvargacha "Moskva — Andijon", "Moskva — Termiz" va "Moskva — Buxoro" reyslari bo‘yicha amalga oshirildi.

FVV, IIV, Prokratura, tez tibbiy yordam va mahalliy hokimiyat kuch va vositalari bilan hamkorlikda vafot etgan fuqarolarning jasadlari doimiy yashash joylariga olib borilib (Andijon viloyatining Jalaquduq va Qo‘rg‘ontepa tumanlariga, Surxondaryo viloyatining Denov tumaniga, Navoiy viloyatining Navbahor tumaniga) dafn etildi.

Joylardagi mahalliy davlat organlari tomonidan dafn etish marosimini o‘tkazishda yordam ko‘rsatildi.

O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi is gazidan jabrlangan 1 nafar Rajsk shahri markaziy shifoxonasida yotgan O‘zbekiston fuqarosiga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilishini o‘z nazoratiga olgan.

Okazanie pervoy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Andijonda bir oilaning to‘rt a’zosi o‘lik holatda topildi

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Razan viloyati Rajskiy tumani politsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 11-yanvarga o‘tar kechasi Sheremetyevo qishlog‘ida joylashgan uyda zaharli gaz isidan 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi zaharlangan. Viloyat tergov boshqarmasining aniqlanishicha, barcha shaxslar rasman mahalliy fermer xo‘jaligida mehnat qilishgan.

TIV halok bo‘lgan fuqarolarning ro‘yxatini ma’lum qilgan: 1966-yilda tug‘ilgan, Surxondaryo viloyati Denov tumanilik Samadov Panji Norsoatovich, 1966-yilda tug‘ilgan, Andijon viloyati Jalaquduq tumanilik Pazilov O‘rmonjon Numonovich, 1969-yilda tug‘ilgan, Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanilik Mirzojonov Alijon Yuldoshovich va 1981-yilda tug‘ilgan, Navoiy viloyati Zarafshon shahrilik Xayitov Samat Ilmuratovich.

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanilik Saidov Sherxon Muhammadovich (1990 yilda tug‘ilgan) Rajskiy tuman kasalxonasining reanimatsiya bo‘limida salomatligi og‘ir holatda saqlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0