O‘zbekistonga Jahon bankining bosh ijrochi direktori keladi

© Commons.wikimedia / Shiny ThingsZdanie Vsemirnogo banka
Zdanie Vsemirnogo banka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jahon bankining delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda

TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. 2018-yilning 18-yanvar kuni O‘zbekistonga Jahon bankining bosh ijrochi direktori Kristalina Georgiyeva boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Jahon bankining delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.

Tashrif dasturiga binoan O‘zbekiston va Jahon banki Guruhi o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilish maqsadida Hukumat va Oliy Majlis Senatida uchrashuv va muzokaralar olib borilishi aytilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0