Turkiyada 168 kishi mingan samolyot jarga qulab tushdi

Obuna bo‘lish
Baxtli tasodif tufayli qurbonlar bo‘lmadi, faqat 11 kishi jarohatlangan.

TOShKENT, 16 yanv – Sputnik. Turkiyaning Trabzon shahri aeroportida samolyot qo‘nish vaqti yo‘lakdan chiqib ketdi.

Boshqaruvni yo‘qotgan samolyot aeroport uchish-qo‘nish yo‘lagi dan chiqib ketib, yo‘lak yaqinida bo‘lgan jarga quladi. Baxtli tasodif tufayli samolyotning g‘ildiraklari loyga tiqilib qoldi va samolyot suvgacha yetib kelmasdan qirg‘oqda osilib qoldi.

Hodisa vaqtida Pegasus Airlines kompaniyasiga qarashli samolyot bortida 162 nafar yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a’zolari bo‘lgan. Ularning barchasi muvaffaqiyatli evakutsiya qilingan.

Mutaxasislar fikriga ko‘ra, ushbu ko‘ngilsiz hodisaga sabab – samolyotning texnik nosozligi yoki uchuvchi xatosi bo‘lishi mumkin. Ayni damda hodisa tekshirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0