Xorijiy fuqarolar uchun Toshkentda ro‘yxatdan o‘tish "narxi" ikki baravar arzonlashdi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishPasport i blank v rukax izbiratelya
Pasport i blank v rukax izbiratelya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan buyon xorijiy fuqarolar Toshkentda ro‘yxatdan o‘tishi uchun 75 ming dollarlik uy sotib olisa kifoya.

TOShKENT, 16 yanv – Sputnik. Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun Toshkentda yangi qurilgan turar joy majmualaridan uy sotib olish va shu asosda Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tish imkoni yengillashdi.

Adliya vazilgini tomonidan qabul qilingan hujjatda aytilishiga ko‘ra,Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida yashash uchun ruxsatnomasi bo‘lgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, poytaxt hududida yangi qurilgan uylardan narxi 600 mln (~75 ming dollar) so‘mdan arzon bo‘lmagan uy sotib olgan taqdirda ular ushbu hududda qonuniy ro‘yxatdan o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladi.

Goroda Mira. Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Propiska muhokamasi: nega viloyatdagi odamlar Toshkentdan uy ololmasligi kerak

Eslatib o‘tamiz, ushbu qonunning o‘tgan yili qabul qilingan ko‘rinishida xuddi shunday xarid qiymati kamida 1,221 mlrd (~150 ming dollar) bo‘lishi ta’kidlangan edi.

Ushbu o‘zgarishlar adliya vazirining notarial idoralar uchun chop etilgan yo‘riqnomalarida qayd etilgan, deb xabar qilmoqda uznews.uz nashri.

Shu bilan bir vaqtda ko‘chmas mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun olinadigan davlat bojining miqdori ham 10% etib belgilandi. Yangi tartib 15-yanvardan kuchga kirdi.

 

Yangiliklar lentasi
0