14 yanvar kuni O‘zbekistonning barcha viloyatlarida Vatan himoyachilari kuni katta tantanalar bilan kutib olindi
Shuningdek, respublikaning barcha viloyatlarida Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tantanali harbiy namoyishlar, munosib askar va zobitlarni rag‘batlantirish tadbirlari hamda harbiy xizmatchilarga yangi uy va mashinalar kalitlari topshirish marosimlari bo‘lib o‘tdi.
Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Andijon viloyatining Shaxrixon tumanida tantanali harbiy festival, konsert va avtomobillar paradi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir oxirida "Toj mahal" tantanalar saroyida bazm dasturxoni yozildi. Unda urush qatnashchilari, mehnat fahriylari ishtirok etishdi. Yoshlar ittifoqi tuman bo‘limi yetakchilari tomonidan gul, tabriknomalar va qimmatbaho sovg‘alar tarqatildi.
Toshkent markazida tashkillashtirilgan namoyida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi 50dan ortiq harbiy texnika, 200ga yaqin o‘qotar qurollar va boshqa harbiy aslahalar namoyish etilgan
Poytaxt markazida bo‘lib o‘tayotgan "Qurolli kuchlar va yoshlar" festivalida harbiy qo‘shlar qurol-aslahalari, zarhlangan texnika va harbiy kiyim boshlar namoyishi bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 26-yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi e’lon qilindi.