Perm shahrida 14 nafar maktab o‘quvchisi pichoq bilan yaralandi

© SputnikUbiystvo nojom
Ubiystvo nojom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maktab binosiga kirgan sobiq o‘quvchilar 15 kishini pichoq bilan yaralashdi. Ularning ikki nafari og‘ir ahvolda. Jinoyatchilar qo‘lga olindi.

TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Perm shahridagi 127 sonli boshlang‘ich ta’lim maktabida bugun qonli jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda viloyat IIB matbuot xizmati.

Dastlabki xabarlarga ko‘ra, ushbu maktabning sobiq bitiruvchilaridan biri va bir maktab o‘quvchisi pichoq bilan qurollanib 4 sinf o‘quvchilariga hujum qilishgan. Hujum natijasida bir o‘qituvchi va 9 nafar o‘quvchi pichoq bilan jarohatlangan. Ularning barchasi shahar kasalxonalariga yotqizilgan.

RIA Novosti xabar berishiga ko‘ra, ayni damda 2 nafar jinoyatchi qo‘lga olingan. Tergov qo‘mitasi ularning shaxsini va maqsadlarini aniqlamoqda. Ulardan biri oldin psixionevrologik dispanser nazoratida bo‘lgan.

Eng so‘nggi xabarlarga ko‘ra, ushbu vojeada jarohatlanganlar soni 15 kishini tashkil qilmoqda. O‘qituvchi va o‘quvchilardan biri og‘ir ahvolda.

Quyida voqea joyida olingan videolavha bilan tanishing.

 

Yangiliklar lentasi
0