Rossiya harbiy bazasiga hujum uyushtirgan jangarilar yo‘q qilindi

© Foto : Ministry of Defence of the Russian FederationUpravlyayemaya raketa
Upravlyayemaya raketa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Mudofaa vazirligi Suriyadagi Rossiya harbiy bazasiga hujum uyushtirgan jangarilarga zarba berish videosini namoyish qildi.

TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Rossiya maxsus qo‘shnlari Suriyada 31-dekabr kuni Rossiya harbiy bazasiga hujum uyushtirgan diversion guruhni yo‘q qilishdi, RIA novosti xabariga asosan.

“Diversion guruhning joylashgan joyi (bazasi) Idlib viloyatning g‘arbiy chegarasiga yaqin joyda ekanligi aniqlandi. Terrorchilar u yerga yetib kelganidan keyin, bir mikroavtobusdan ikkinchisiga o‘tish vaqti, aniq nishonga oluvchi “Krasnopol” snaradi yordamida yo‘q qilindi”, — deyilgan Mudofaa vazirligi xabarida.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu maxsus operatsiyani amalga oshirishda Rossiya maxsus qismlarining va harbiy razvedkasining turli darajadagi kuchlari ishga solingan.

Vazirlik xabariga ko‘ra, diversion guruh joylashgan joy Rossiya uchuvchisiz apparatlari yordamida tunu-kun kuzatuv ostida bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Yangi yil bayrami arafasida, 31-dekabr va 5-6 yanvar tunida Xmeymimdagi Rossiya harbiy bazasiga hujum qilingan edi. Unda 2 nafar Rossiya harbiy xizmatchisi qurbon bo‘lgan edi.

Yangiliklar lentasi
0