TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Toshkent osmonida vertolotlar, shahar markazida saf tortgan harbiy qo‘shnlar va qurol-aslaha namoyishi – bugun Toshkentda Vatan himoyachisi kuni nishonlanmoqda.
Bugun O‘zbekiston tarixida birinchi bor Vatan himoyachisi kuni ana katta tantana bilan nishonlanmoqda. Shahar markazida bo‘lib o‘tayotgan “Qurolli kuchlar va yoshlar” festivalida harbiy qo‘shlar qurol-aslahalari, zarhlangan texnika va harbiy kiyim boshlar namoyishi bo‘lib o‘tmoqda.
Fuqarolar u yerda nafaqat bugungi kunda ularni qanday jihozlangan qurolli kuchlar himoya qilayotganini ko‘rishlari balkim, qurol-aslaha bilan yaqindan tanishishlari, o‘z qo‘llari bilan ushlab qurishlari mumkin. Bunday imkoniyat, albatta O‘zbekiston fuqarolari qalbini ishonchga to‘ldirishi, yosh avlodni esa vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun kerakli muhit yaratadi.
Toshkent markazida tashkillashtirilgan namoyida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi 50dan ortiq harbiy texnika, 200ga yaqin o‘qotar qurollar va boshqa harbiy aslahalar namoyish etilgan. Namoyishni osmonda O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘tarib uchayotgan vertolotlar va desantchi va maxsus bo‘linmalar namoyishlari to‘ldirib turibdi.
Qanday bayram harbiy orkestrsiz bo‘lishi mumkin? Qo‘shni maydonchada O‘zbekistonning barcha kuch tizimlari orkestrlari ishtirokida katta konsert bo‘lib o‘tmoqda. Ular orasida Markaziy harbiy ashula va raqs ansambli, IIV ansambli, MXX Chegara qo‘shnlari ansambllari bor.
Uning yonginasida esa harbiy dala oshxonasi ishlab turibda. Barcha xoxlovchilar zamonaviy o‘zbek askarlarning kundalik ovqatlarini tatib ko‘rishlari mumkin.
Shahar ko‘chalari bo‘ylab esa harbiy avtomobillar paradi bo‘lib o‘tishi ham bayramning qiziq voqealaridan biriga aylandi.