AQShda yana bir ommaviy elektromobil paydo bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Fisker EMotion nomli elektromobilning narxi 130 ming dollar bo‘lib, akkumulyatori quvvati 640 km masofani bosib o‘tishga yetadi.

Amerikada ommaviy elektromobillar ishlab chiqaradigan yangi korxona paydo bo‘ldi. Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan CES 2018 avtomobillar ko‘rgazmasida yangi Fisker EMotion nomli elektromobil taqdim etildi.

Yangi elektromobilning narxi 130 ming dollar bo‘lib, uning litiy-ionli akkumulyatori quvvati 640 km masofa bosib o‘tishga yetadi. Vaholanki, 2016-yilda ushbu loyiha dastlab e’lon qilingan vaqtida AQShda yashab ishlovchi daniyalik tadbirkor va dizayner Xenrik Fisker Fisker EMotion narxi 40 ming dollar bo‘ladi, unda g‘aroyib xususiyatlarga ega bo‘lgan grafenli akkumulyatorlar ishlatiladi deb va’da bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda dunyoda eng ko‘p elektromobillar ishlab chiqaruvchi korxona Tesla bo‘lib u ham AQShda joylashgan. Tesla Model S narxi 95-100 ming dollar bo‘lib, bir quvvatlanishda u 450 — 600 km masofa bosib o‘tishi mumkin. Masofa uzoqligi yurish tezligi va atrof havo haroratiga ham bog‘liq.

Yangiliklar lentasi
0