Islom Karimovning 27 yoshida aka-ukalari bilan tushgan surati e’lon qilindi

© AFP / BRENDAN SMIALOWSKIPerviy prezident respubliki Uzbekistan Islam Karimov
Perviy prezident respubliki Uzbekistan Islam Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Karimovlar oilasida barcha o‘g‘il farzandlar oliy ma’lumot olgan, ulardan uch nafari maktabni oltin medalga bitirgan, uch nafari fan nomzodi bo‘lgan

TOShKENT, 11 yanv – Sputnik. Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoatchilik fondi Facebookdagi sahifasida Birinchi Prezidentning aka-ukalari bilan tushgan suratini joyladi.

"Suratda 27 yoshli Islom Karimov (chapdan uchinchi) aka-ukalari Quddus, Ibodullo va Xurshid bilan. Samarqand, 1965-yil", — deya izoh berilgan suratga.

Foydalanuvchilar ushbu suratga izoh qoldirishar ekan, Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirishgan.

Ayrim foydalanuvchilar esa Birinchi Prezidentning aka-ukalari bilan uchrashishganini ham bildirishgan.

"Menga Samarqandda Islom Abdug‘aniyevichning akalari – Ibod G‘aniyevich va Quddus G‘aniyevichlar qo‘lida tahsil olish baxti nasib etgan. Ular Samarqand kooperativ institutida ishlashgan. Har ikkalasi ham madaniyatli, ziyoli, o‘z fanlarini chuqur bilishardi. Yoqimli xotiralar. Alloh rahmatiga olsin", deb yozadi Sayyora Sharipova ismli foydalanuvchi.

Eslatib o‘tamiz, Islom Karimov fondi O‘zbekiston Birinchi Prezidentining oilasiga daxldor yangi fotosurat va ma’lumotlarni e’lon qilgan edi. Ularga ko‘ra, oilada sakkiz farzand o‘sib ulg‘aygan: bir qiz — Mehriniso va yetti aka-uka: Amonullo, Ibodullo, Arslon, Quddus, Ikrom, Islom, Xurshid.

Qayd etilishicha, Karimovlar oilasida barcha o‘g‘il farzandlar oliy ma’lumot olgan, ulardan uch nafari maktabni oltin medalga bitirgan, uch nafari fan nomzodi bo‘lgan – Ibod G‘aniyevich, Quddus G‘aniyevich va Islom Abdug‘aniyevich.

Bu o‘sha davr uchun ham, bugungi kun uchun ham kamob hodisadir. Keyinroq Islom Karimov akademik darajasini olgan.

Yangiliklar lentasi
0