Mirziyoyev Mudofaa vazirligidagi ommaviy ishdan bo‘shatishlar haqida gapirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev na rasshirennom zasedanii Soveta bezopasnosti pri Prezidente Respubliki Uzbekistan
Shavkat Mirziyoyev na rasshirennom zasedanii Soveta bezopasnosti pri Prezidente Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident ayni paytda, qo‘yilgan talablarga javob bermayotgan va qo‘shinlar bilan faol ishlashdan o‘zini chetga olgan 40 ga yaqin harbiy xizmatchi mudofaa vaziri tomonidan ishdan bo‘shatilgani, 36 nafarining lavozimi pasaytirilgani haqida ma’lum qildi

TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mudofaa vazirining tavsiyasiga binoan, vazirning ikkita o‘rinbosari, Qurolli Kuchlar akademiyasi rahbari va Chirchiq harbiy bilim yurti boshlig‘ini lavozimidan ozod qilgani haqida ma’lum qildi.

Ministerstvo oboroni Respubliki Uzbekistan  ustroila aksiyu v ramkax organizovannogo avtoprobega kolonni avtomobiley voyennogo vremeni - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev 14-yanvarni haqiqiy xalq bayrami sifatida nishonlashga topshiriq berdi
"Harbiy boshliqlar tepadan buyruq kutib o‘tirishga o‘rganib qoldi. Yana bir bor takrorlab aytaman: har bir komandir va qo‘mondon o‘z harbiy qismi va okrugining sharoitidan, mavjud jangovar vaziyatdan kelib chiqqan holda, tezkorlik bilan har tomonlama asoslangan, mustaqil qaror qabul qilishga qodir bo‘lishi shart", dedi prezident va hozirgacha harbiy okrug qo‘shin qo‘mondoni vazifasini vaqtincha bajarib kelayotganlardan biri bu lavozimga tasdiqlanmaganini aytdi.

Prezident shuningdek, ayni paytda, qo‘yilgan talablarga javob bermayotgan va qo‘shinlar bilan faol ishlashdan o‘zini chetga olgan 40 ga yaqin harbiy xizmatchi mudofaa vaziri tomonidan ishdan bo‘shatilgani, 36 nafarining lavozimi pasaytirilgani haqida ma’lum qildi.

Mirziyoyevga ko‘ra, ommaviy ishdan bo‘shatishlar birinchi navbatda, sohada harbiy kadrlar faoliyatini aniq baholashning reyting tizimi mavjud emasligini, oqibatda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish ishlari qoniqarsiz ekanini ko‘rsatadi.

Voyennoslujashie armii Uzbekistana. - Sputnik O‘zbekiston
Prezident harbiylarning ruhiy tayyorgarligi bo‘yicha yangi meyoriy hujjatlar kerakligini aytdi
"Mana shu va boshqa mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, tizimda barcha ishlarni zamon talablari darajasida tashkil etish, harbiy sohada islohotlarni yanada chuqurlashtirish maqsadida men Bosh shtab boshlig‘i hamda barcha harbiy okrug qo‘mondonlarini yangitdan tayinladim.

Shu munosabat bilan barchangizni ogohlantirib aytmoqchiman: 2018-yil sizlar uchun katta sinov yili bo‘ladi. Nega deganda, har qaysi okrug oldida turgan vazifalar, mavjud tahdid va xavf-xatarlar bir-biriga o‘xshamaydi. Buni har qaysi rahbar chuqur bilishi va o‘z faoliyati uchun zarur xulosa chiqarib olishi darkor", — dedi O‘zbekiston rahbari.

Yangiliklar lentasi
0