Mudofaa vazirligi armiyaga chaqiriladigan yoshlar sog‘lig‘iga bo‘lgan talablarni e’lon qildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPokazatelnie vistupleniya v ramkax aksii "Natsionalnaya armiya — shkola mujestva, stoykosti i podviga molodeji!"
Pokazatelnie vistupleniya v ramkax aksii Natsionalnaya armiya — shkola mujestva, stoykosti i podviga molodeji! - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Muddatli harbiy xizmatga to‘sqinlik qiluvchi kasalliklar va jismoniy nuqsonlar ro‘yxatiga jami 96 kasallik va nuqsonlar kiritilgan

TOShKENT, 10 yanv – Sputnik. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan yoshlar sog‘lig‘iga bo‘lgan talablarni e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, chaqiriluvchilarni tibbiy guvohlantirish uch bosqichdan iborat bo‘lib, birlamchi guvohlantirish shahar, tuman mudofaa ishlari bo‘limlarining tibbiy komissiyalarida, takroriy guvohlantirish — viloyatlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri) mudofaa ishlari boshqarmalarining tibbiy komissiyalarida hamda nazorat tarzida guvohlantirish garnizonlar harbiy-tibbiy komissiyalarida amalga oshiriladi.

Voyennoslujashiy komandi Uzbekistana vo vremya proxojdeniya etapa Tropa razvedchika na konkurse Otlichniki voyskovoy razvedki - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston dunyoning eng kuchli 50 armiyasi ro‘yxatidan o‘rin oldi

Majburiy bo‘lgan tahlillar va tibbiy tekshiruvlarga quyidagilar kiradi:

1. Umumiy qon tahlili (EChT, leykotsitlar, gemoglobin, eritrotsitlar).

2. Umumiy peshob tahlili.

3. Axlat tahlili (gijja tuxumlari aniqlovchi tekshiruvi bilan)

4. EKG.

5. FGDS.

6. Ichki a’zolarning ultratovush tekshiruvi (UTT).

7. Ko‘krak qafasi a’zolarining flyuorografiyasi (tekshiriluvchining familiyasi, ismi sharifi hamda tekshiruvning tartib raqami va o‘tkazilgan sana ko‘rsatiladi).

Armiyada xizmat qilish uchun qanday sinovlardan o‘tish kerak - Sputnik O‘zbekiston
Armiyada xizmat qilish uchun qanday sinovlardan o‘tish kerak

Qon guruhi va rezus-faktori harbiy guvohnomaga yozilishi lozim.

Tibbiy ko‘rik vaqtida albatta jarroh, terapevt, nevropatolog, psixiatr, oftalmolog, otorinolaringolog, teri-tanosil kasalliklari shifokori, stomatolog xulosasi bo‘lishi shartligi ko‘rsatilgan.

Zaruriyat tug‘ilgan holatlarda boshqa mutaxassislikdagi shifokorlar jalb etilishi mumkin.

Muddatli harbiy xizmatga to‘sqinlik qiluvchi kasalliklar va jismoniy nuqsonlar ro‘yxatiga jami 96 kasallik va nuqsonlar kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0