TOShKENT, 10 yanv – Sputnik. 8—9 yanvar kunlari Dushanbeda Tojikiston va O‘zbekiston delegatsiyasining o‘zbek-tojik davlat chegaralaridagi hududlarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha ishchi guruh o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, uchrashuvda Tojikiston-O‘zbekiston davlat chegarasining qolgan uchastkalaridagi chiziqlarga o‘tish masalalari muhokama qilindi.
Ishchi guruhning uchrashuvi bugun Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda va O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov raisligi ostida Tojikiston—O‘zbekiston hukumatlararo komissiyasining majlisi doirasida davom etadi.