Toshkentda to‘lov terminalini o‘g‘irlab, ichidagi pullarni o‘zlashtirganlar qo‘lga olindi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishTerminal oplati uslug
Terminal oplati uslug - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ular terminal ichidagi 830 ming so‘m pulni olishgan va qurilmani Uchtepa tumanidagi jarga tashlab yuborishgan

TOShKENT, 9 yanv – Sputnik. Toshkent shahar Shayxontohur tumanida 19 yoshli yigit va uning ikki sherigi to‘lov terminalini o‘g‘irlab ketib, uning ichidagi pullarni olgan va qurilmani jarga uloqtirib yuborgan. Bu haqda UzNews.uz xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, 2017-yil 30-dekabr kuni soat taxminan besh yarimda Sergeli tumanida yashovchi, 1998-yilda tug‘ilgan shaxs ikki nafar sherigi bilan "Olivo" restorani oldidagi to‘lov terminalini o‘g‘irlab ketishgan. Ular terminal ichidagi 830 ming so‘m pulni olishgan va qurilmani Uchtepa tumanidagi jarga tashlab yuborishgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0