Tojikistonda yer qimirladi

© SAM YEH / AFPZemletrasenie
Zemletrasenie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dekabr o‘rtalarida ham respublikada 5,4 balli yer silkinishi qayd etilgandi

TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Tojikiston hududida seshanba kuni ertalab 5 balli yer silkinishi qayd etildi, deb xabar berdi Qozog‘iston Ta’lim va fan vazirligi seysmologik tajriba-uslubiyat ekspeditsiyasi.

Seysmologlarning ma’lumot berishlaricha, yer silkinishi Astana vaqti bilan soat 06:05 da sodir bo‘lgan, deb yozadi Sputnik Tojikiston.

"Zilzila epimarkazi Almatidan 605 kilometr janubi-g‘arbda Tojikiston hududida joylashgan. Zilzila magnitudasi 5 ball, chuqurligi 5 kilometr", — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, dekabr o‘rtalarida ham respublikada 5,4 balli yer silkinishi qayd etilgandi.

Yangiliklar lentasi
0