TOShKENT, 9 yanv – Sputnik. Milliy aviakompaniya 8-yanvardan boshlab interfaol “joy tanlash” xizmatini joriy etdi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.
Dastlabki bosqichda yangi xizmat yaqin xorij mamlakatlariga Airbus A-320 havo kemalarida bajariladigan qatnovlar uchun ko‘rsatiladi. Keyinchalik ushbu turdagi xizmatlarni barcha yo‘nalishlarda joriy etish mo‘ljallangan.
Oldindan joy tanlash va bron qilish qoidalari bilan “O‘zbekiston havo yo‘llari” rasmiy saytida tanishish mumkin.