Mirziyoyev Toshkent viloyati prokurori va IIB boshlig‘ini ishdan bo‘shatdi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev na neformalnoy vstreche glav gosudarstv SNG
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev na neformalnoy vstreche glav gosudarstv SNG - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"To‘rtta rahbar nima qilib yuribdi? Odamlarning ishonchini qozonishimiz kerak, prezidentning emas. Menga yoqishi kerak emas, odamlarga yoqishi kerak", dedi prezident

TOShKENT, 7 yanv – Sputnik. Toshkent viloyatiga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati prokurori va IIB boshlig‘ini lavozimidan ozod qildi. Bu haqda uznews.uz xabar berdi.

Ibragimov Gulomjon Inomovich - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyatiga hokim tayinlandi

O‘tgan yilning kuzida Toshkent viloyati prokurori lavozimini egallagan Ulug‘bek Sunnatov mas’uliyatsizligi, vazifasiga nisbatan sovuqqonligi va ishda yo‘l qo‘ygan xato-kamchiliklari uchun egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Toshkent viloyati IIB boshlig‘i Saidkarim Nishonboyev ham ana shunday sabablar bilan lavozimidan bo‘shatildi.

"To‘rtta rahbar nima qilib yuribdi? Odamlarning ishonchini qozonishimiz kerak, prezidentning emas. Menga yoqishi kerak emas, odamlarga yoqishi kerak", dedi prezident.

Yangiliklar lentasi
0