Pentagon AQShning yangi harbiy strategiyasini 19-yanvar kuni e’lon qiladi

Obuna bo‘lish
Ma’lum bo‘lishicha, Pentagon keyinchalik yadro kuchlari va raketalarga qarshi mudofaa bo‘yicha ham alohida hujjatlarni taqdim etadi

TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Pentagon AQShning yangi harbiy strategiyasini 19-yanvar kuni chop etadi, deb xabar qildi jurnalistlarga AQSh Mudofaa vaziri Jeyms Mettis.

Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Tramp Amerika shiddat bilan buyuk bo‘layotganini aytdi

"U yerda strategiyaning qalin bir qismi mahfiy tarzda berilgan bo‘lib, qisqaroq bandi ochiq ifodalangan bo‘ladi", — degan Mettis.

Ushbu milliy strategiya Donald Tramp ma’muriyati tomonidan xavfsizlik bo‘yicha e’lon qilingan ikkinchi milliy strategiyadir.

Milliy xavfsizlik strategiyasi AQShga tahdid qiluvchi raqiblarni ham belgilagan bo‘lib, ularga Rossiya va Xitoy kiritilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Pentagon keyinchalik yadro kuchlari va raketalarga qarshi mudofaa bo‘yicha ham alohida hujjatlarni taqdim etadi.

Yangiliklar lentasi
0