Formali kiyim-boshlarni qonunga xilof ravishda kiyganlar jazolanadi

© SputnikUzbekskie militsioneri
Uzbekskie militsioneri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar xodimlarining formali kiyim-boshini qonunga xilof ravishda kiyib yurish uchun eng kam oylik ish haqining besh baravarigacha jarima belgilandi.

TOShKENT, 6 yanv – Sputnik. O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik kodeksi 209−1-moddaga bilan to‘ldirildi. Unga ko‘ra formali kiyim boshni qonunga xilof ravishda kiyish uchun jazo choralari belgilandi.

«Tasdiqlangan namunadagi harbiy, idoraviy va maxsus formali kiyim-boshni bunday huquqqa ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan kiyib yurish formali kiyim-boshni musodara qilib, eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi», — deyiladi moddada.

Yangi qonun O‘zbekiston prezidenti tomonidan imzolanib rasman elon qilingan kundan boshlab kuchga kirdi.

Yangiliklar lentasi
0