Dushanbedan Samarqand va Buxoroga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Obuna bo‘lish
Tojikiston transport vazirligi tomonidan ushbu masalada tegishli qaror qabul qilindi va O‘zbekistonga ma’lum qilindi

TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. Tojikiston Samarqand, Buxoro va Dushanbe o‘rtasida yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi haqida "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyaning taklifini qabul qildi, deb xabar qildi RIA Novosti.

"Ushbu masala bo‘yicha qaror qabul qilindi va bu haqda O‘zbekistonga ma’lum qilindi. Yangi aviaqatnovlar yaqinda kelajakda yo‘lga qo‘yiladi", — deb ta’kidlandi vazirlikda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida aviaqatnovlar 2017-yil fevral oyida qayta tiklangandi. Bugungi kunda "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi tomonidan Toshkentdan Dushanbega haftasiga bir marta, seshanba kuni amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0