TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. Bugun tong soat 6da Qibray tumani, Baytkurgan poselkasida jolashgan bolalar tagliklari ishlab chiqarish zavodida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Ushbu hodisa tasvirga olingan videolavhalar tez orada ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketdi, deb xabar qilmoqda nuz.uz nashri.
Toshkent viloyati Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga asosan, ushbu korxona «SOF GIGIENIK» kompaniyasiga tegishli bo‘lib Jonny Baby sado markasi ostida bir martali bolalar tagliklari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lgan. Yong‘in haqidagi xabar soat 06:27 da qabul qilingan. O‘n to‘rtta o‘t o‘chirish brigadalari 2-3 daqiqa ichida yetib kelgan.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, yong‘in 700 kv.m maydonni chulg‘ab olgan. Baxtsiz hodisa oqibatida korxonaning devorlari, tomi, asbob-uskunalari yonib ketgan. Baxtli tasodif tufayli ishchilardan hech kim jabrlanmagan.
Ayni damda maxsus tashkil qilingan guruh yong‘in kelib chiqish sabablarini o‘rganmoqda.