O‘zbekiston hududidagi 54 ta postning faoliyati tugatildi - IIV

© Foto ochevidsaAndijan. Bivshiy post DPS
Andijan. Bivshiy post DPS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shulardan 21 tasini muntazam yo‘l-patrul xizmati maskanlari, 14 tasini blok postlar va 19 tasini to‘siq postlari tashkil etgan edi

TOShKENT, 3 yanv – Sputnik. IIV tarkibiy va hududiy bo‘linmalari mutaxassislaridan iborat guruhlar tomonidan muntazam yo‘l-patrul xizmati maskanlari va blok postlarining faoliyati o‘rganilib, shu kunga qadar avtomobil yo‘llarida joylashgan jami 54 ta bunday postlarning faoliyati tugatildi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi ma’lum qildi.

"Shulardan 21 tasini muntazam yo‘l-patrul xizmati maskanlari, 14 tasini blok postlar va 19 tasini to‘siq postlari tashkil etgan edi. Qolgan postlarning ham faoliyati tanqidiy qayta ko‘rib chiqilmoqda", deyiladi xabarda.

O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov mamlakat hududida 133 ta ana shunday post borligini, ulardan 66 tasini tugatish to‘g‘risida xulosalar tayyorlanganligini ma’lum qilgandi.

© Press slujba RUzQoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanidagi tugatilgan muntazam YPX maskani oldingi holati
V Uzbekistane likvidiruyut posti DPS - Sputnik O‘zbekiston
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanidagi tugatilgan muntazam YPX maskani oldingi holati
© Press slujba MVD RUzQoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanidagi tugatilgan muntazam YPX maskani bugungi holati
V Uzbekistane likvidiruyut posti DPS - Sputnik O‘zbekiston
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanidagi tugatilgan muntazam YPX maskani bugungi holati

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida avtomobil yo‘llarida harakatlanish erkinligini cheklayotgan, savdo-iqtisodiy munosabatlarning hamda ichki va tashqi turizmning rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan muntazam yo‘l-patrul xizmati maskanlari va blok postlarning faoliyatini tugatish hamda sonini qisqartirish ta’kidlangan edi.

Prezident respublikaning ba’zi viloyatlari o‘rtasidagi postlarning joylashuvi nafaqat fuqarolarga, balki iqtisodiyotga ham salbiy ta’sir qilayotganligini aytgandi.

Yangiliklar lentasi
0