TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. 2017-yilning 30-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirg‘iziston Respublikasi Hukumati o‘rtasida 1996-yil 4-sentabrdagi xalqaro avtomobil qatnovlari to‘g‘risidagi Bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Bayonnoma kuchga kirdi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.
Mazkur hujjat 2017-yil 6-oktabr kuni Toshkent shahrida imzolangan.
Bayonnoma hukumatlararo bitimni qo‘llash ko‘lamini kengaytirish orqali transport kommunikatsiyalari sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish maqsadida qabul qilingan.
Hujjatga ko‘ra, tomonlar o‘z davlatlari hududida erkin tranzit rejimini bir-biriga taqdim etadilar va kafolatlaydilar, shuningdek, "Toshkent — Andijon — O‘sh — Irkeshtam — Qashg‘ar" avtomobil yo‘nalishi bo‘ylab tashish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadilar.