TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. Turkmanistonda 2018-yilning yanvar oyidan boshlab qora rangdagi avtomobillar boshqaruvi ta’qiqlandi, deb xabar qilmoqda "Xronika Turkmenistana" nashri.
Joriy etilgan yangi talablar tufayli avtoservislarda avtomobillarni qayta bo‘yash xizmatlari narxi ikki barobarga oshgan. Agar ilgari mashinani bo‘yatish 500 dollar turgan bo‘lsa, hozirda bu 1000 dollarga tushmoqda.
Turkmaniston hukumati ushbu ta’qiq sabablarini izohlay olgani yo‘q, deb yozgan nashr. Savollar va e’tirozlarga ular faqatgina "oq rangdagi mashinalarni xarid qilish kerak, chunki oq rang omad keltiradi", — deya javob qaytarishayotgani ma’lum.
Nashr shuningdek, oq rang — irimlarga ishonadigan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedovning sevimli rangi ekanligini keltirib o‘tgan.