Avstraliyadagi aviahalokatda britaniyalik millioner oilasi bilan halok bo‘ldi

© REUTERS / EDGAR SUSolnechnoe zatmenie
Solnechnoe zatmenie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Compass Group - korporativ ozuqa bo‘yicha dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri. U dunyoning 50ta mamlakatida faoliyat yuritadi va ofislar, zavodlar, maktablar, universitetlar, kasalxonalar, qamoqxonalar, sport obyektlari va neft platformalariga oziq-ovqat yetkazib beradi. Yiliga kompaniya taxminan 4 milliard odamga xizmat ko‘rsatadi

TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. Britaniya keytering kompaniyasi — Compass Group ijrochi direktori Richard Kazins va uning qarindoshlari Avstraliyada yuz bergan aviahalokat qurboniga aylanishdi deb xabar berdi RIA Novosti.

Ilgariroq bir motorli DHC-2 Beaver samolyoti Xoksberi darosiga qulagani haqida xabar berilgan edi. Samolyot bortida bo‘lgan olti kishi — uchuvchi va besh nafar yo‘lovchilar halokat qurbonlariga aylanishgan.

"Chuqur qayg‘u bilan shuni tasdiqlaymizki, Richard Kazins va uning eng yaqin to‘rt qarindoshi 2017-yilning 31-dekabr kuni Avstraliyada yuz bergan aviahalokat qurboniga aylanishdi", — deyiladi kompaniya bayonotida.

Compass Group direktorlar kengashi raisi Pol Uolsh aviahalokat munosabati bilan ta’ziya izhor qilgan. "Ushbu kutilmagan dahshatli xabar bizni qattiq qayg‘uga soldi. Compass Group xodimlari xayolan Richard oilasi va do‘stlari bilan" — ded Uolsh.

Compass Group — korporativ ozuqa bo‘yicha dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri. U dunyoning 50ta mamlakatida faoliyat yuritadi va ofis, zavodlar, maktablar, universitetlar, kasalxonalar, qamoqxonalar, sport obyektlari va neft platformalariga oziq-ovqat yetkazib beradi. Yiliga kompaniya taxminan 4 milliard odamga xizmat ko‘rsatadi.

Yangiliklar lentasi
0