Bu yil bayram archalari Toshkentning 12 ta maydonida o‘rnatildi. Bayram ishtirokchilari, mehmonlar, ayniqsa bolajonlar, shuningdek transport harakati xavfsizligiga ustuvor o‘rin bergan holda, bu bayramning "Bosh archa"si va bosh sahna Labzak va Qodiriy ko‘chalarida joylashgan "Navro‘z" bog‘ida bunyod etildi.
Bundan tashqari, archalar odatdagidek "Mustaqillik va ezgulik" maydoni, Algoritm dahasidagi "Roison Elektronics" korxonasi oldi maydoni, Shayxontohur tumanidagi "Xadra" maydoni, "Lokomotiv-Anxor" istirohat bog‘i, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi "Lokomotiv" istirohat bog‘i, "Eko bog‘" old maydoni, Olmazor tumanida joylashgan Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i, Yashnobod tumanidagi "Do‘stlik" va "Ashxobod" istirohat bog‘lari, Sergeli tumanidagi "Greenpark" bog‘i hamda Bektemir tumanidagi "Quyoshcha nuri" bog‘i hududlarida o‘rnatildi.